O'zbekiston

AQSHda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTH oqibatida 21 yoshli yigit halok bo‘ldi

YTHda o‘zbekistonlik boshqaruvidagi yuk mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Haydovchi dalillarni yashirishga uringanlikda ayblanmoqda.

AQSHda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTH oqibatida 21 yoshli yigit halok bo‘ldi

 

AQSHning Ogayo shtatida o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 21 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqfa New York Post nashri xabar berdi.

 

Hodisa 5-iyul kuni Ogayo shtatining Medison okrugidagi I-71 avtomagistralida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Behzod Asrarov boshqaruvidagi Freightliner rusumli yuk mashinasi Honda Accord avtomobili bilan to‘qnashgan. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi, 21 yoshli Tobias Forsayt voqea joyida vafot etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Behzod Asrarov 2024-yilda diversifikatsion viza (Green Card) dasturi orqali AQSHga borgan. U yuk avtomobilini boshqarish uchun zarur haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan. Biroq ingliz tilini yetarli darajada bilmagani sababli hodisa joyida patrul xizmati xodimlari u bilan Google Translate orqali muloqot qilgan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, patrul xodimlari yuk mashinasi kabinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida videoregistrator qurilmasi o‘rnatilganini, ammo kameraning o‘zi joyida yo‘qligini aniqlagan. Savollarga javob berish jarayonida Asrarov kamerani o‘ng cho‘ntagiga solib qo‘yganini ko‘rsatgan.

 

Shu munosabat bilan unga hozircha ashyoviy dalillarni yashirish yoki yo‘q qilishga urinish moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Uning yonidan uchta mobil telefon hamda elektron yuk tashish plansheti ham topilgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda va keyinchalik qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilishi mumkinligi istisno qilinmagan.

 

Halok bo‘lgan Tobias Forsayt AQSHdagi Massachusets universiteti darvozaboni bo‘lgani qayd etilgan.

 

Mazkur hodisaga munosabat bildirgan AQSH transport vaziri Shon Daffi ingliz tilini yetarli darajada bilmaydigan haydovchilarning og‘ir yuk transportlarini boshqarishi xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy muammo ekanini ta’kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l belgilarini o‘qiy olmaydigan yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan muloqot qila olmaydigan shaxslarga og‘ir yuk avtomobillarini boshqarishga ruxsat berilmasligi kerak. Vazir bunday holatlarning oldini olish va xavfli haydovchilarni yo‘llardan chetlatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"