Jahon

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Sovg‘a ayrim delegatsiyalar uchun qurolni mamlakatiga olib kirish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqardi.

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga revolver sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunida davlat va hukumat rahbarlariga noodatiy sovg‘a — ism-sharifi o‘yib yozilgan revolver va jonli o‘q-dorilarni topshirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, sovg‘a Turkiyaning mudofaa sanoati salohiyatini namoyish etish maqsadida taqdim etilgan. Yetakchilarga 1990-yillarda Turkiyaning MKE kompaniyasi ishlab chiqargan kamyob Gumusay .357 Magnum revolveri yog‘och qutida topshirilgan. Qutiga Turkiya bayrog‘i va NATO logotipi tushirilgan bo‘lib, unda turk va ingliz tillarida “Gumusay — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ilk revolver turidagi to‘pponcha” degan yozuv ham mavjud.

 

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches matbuot kotibiga ko‘ra, barcha delegatsiya rahbarlariga bir xil modeldagi revolver berilgan va ularning har biriga egasining ismi o‘yib yozilgan.

 

Sovg‘a ayrim davlatlar uchun logistika va bojxona bilan bog‘liq muammolarni ham yuzaga keltirgan. Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever revolverni Bryussel aeroporti politsiyasiga topshirgan bo‘lsa, Polsha Prezidenti Karol Navrotskiyga berilgan qurol Varshava aeroportida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishni kutmoqda.

 

Niderlandiya va Shvetsiya bosh vazirlari idoralari revolverlar Anqaradagi elchixonalarga olib ketilganini ma’lum qilgan. Niderlandiyaga berilgan qurol foydalanishga yaroqsiz holga keltirilishi rejalashtirilgan, Shvetsiyaniki esa import hujjatlari rasmiylashtirilishini kutmoqda.

 

Reuters manbasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerga revolver bilan birga qurolni tozalash to‘plami va 500 dona o‘q ham berilgan. Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining sovg‘asi esa Rimdagi hukumat qarorgohida saqlanmoqda. Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen o‘ziga berilgan revolverni harbiy muzeyga topshirishni rejalashtirmoqda.

 

Jenevadagi Small Arms Survey ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya 2019–2024-yillarda yengil qurol eksporti bo‘yicha AQSH va Italiyadan keyin dunyoda uchinchi o‘rinni egallagan. Mamlakat ushbu davrda qariyb 3 milliard dollarlik yengil qurol eksport qilgan.

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

15 nafardan ortiq kishi so‘roq qilinmoqda, biroq bolaning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.