O'zbekiston

Qaysi yo‘nalishga necha ball kerak? O‘qishni ko‘chirish mezonlari ma’lum bo‘ldi

Eng yuqori ko‘rsatkich huquq, eng pasti veterinariya yo‘nalishiga belgilandi.

Qaysi yo‘nalishga necha ball kerak? O‘qishni ko‘chirish mezonlari ma’lum bo‘ldi

 

2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar uchun minimal o‘tish ballari ta’lim yo‘nalishlari kesimida 60 balldan 165 ballgacha etib belgilandi.

 

Tasdiqlangan mezonlarga ko‘ra, eng yuqori o‘tish bali huquq yo‘nalishi uchun — 165 ball, eng past ko‘rsatkich esa veterinariya yo‘nalishi uchun — 60 ball etib belgilangan.

 

Yo‘nalishlar bo‘yicha minimal o‘tish ballari quyidagicha:

  • Huquq — 165 ball;

  • Siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar — 140 ball;

  • Sog‘liqni saqlash — 132 ball;

  • San’at, ijtimoiy fanlar, jurnalistika, biznes va boshqaruv — 105 ball;

  • Transport xizmatlari — 104 ball;

  • Ta’lim, gumanitar fanlar, tillar, atrof-muhit, matematika va statistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ijtimoiy ta’minot — 94 ball;

  • Biologik fanlar, fizika va xizmat ko‘rsatish — 80 ball;

  • Muhandislik, ishlab chiqarish va arxitektura — 75 ball;

  • Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi hamda mehnat muhofazasi — 70 ball;

  • Veterinariya — 60 ball.

 

Vazirlikning eslatishicha, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.