O'zbekiston

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining 47 foizi ilk 30 kun ichida sodir bo‘lmoqda

2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni qariyb ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining 47 foizi ilk 30 kun ichida sodir bo‘lmoqda

 

O‘zbekistonda 2030-yilgacha bolalar o‘limi ko‘rsatkichini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida pediatriya xizmatini tubdan takomillashtirish, erta tashxis dasturlarini kengaytirish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Abdumannop Abduqayumovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakatda bolalar o‘limi har ming nafar bolaga 14,3 holatni tashkil etmoqda. 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyaga muvofiq, ushbu ko‘rsatkichni har ming nafar bolaga 8 holatgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bugungi kunda chaqaloqlar o‘limining 47 foizi hayotning ilk 30 kunida sodir bo‘lmoqda. Bu esa asosiy e’tibor neonatal davr va tug‘ruqxonadan keyingi dastlabki haftalarda tibbiy kuzatuvni kuchaytirishga qaratilishi lozimligini ko‘rsatadi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda chaqaloqlar o‘limi qariyb 7,5 ming holatni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 8,3 ming nafarni tashkil qilgan.

 

Qayd etilishicha, asosiy xavf guruhiga muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar, tug‘ma rivojlanish nuqsonlari hamda irsiy kasalliklarga chalingan bolalar kiradi. Har yili O‘zbekistonda 48 mingdan ortiq bola tug‘ma va genetik patologiyalar bilan dunyoga kelmoqda.

 

Islohotlar doirasida pediatriya xizmatining to‘rt bosqichli tizimini joriy etish, bolalarni DMed yagona raqamli tibbiy platformasi orqali kuzatish, kam uchraydigan kasalliklarga chalingan bemorlarning milliy reyestrini yaratish hamda Germaniya hukumati ko‘magida zamonaviy genetik laboratoriyani ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, DMed tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali tashxis qo‘yish muddatini 3–5 kungacha qisqartirish, profilaktik tibbiy ko‘riklar bilan bolalarning kamida 95 foizini qamrab olish va yuqori texnologiyali tibbiy yordam ulushini 75 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining 47 foizi ilk 30 kun ichida sodir bo‘lmoqda | Zamon.uz