O'zbekiston

O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘ruvchi ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushadigan mehnat nizolariga oid arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘ruvchi ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyat boshlaydi. Bu haqda Oliy sud Rayosatining tegishli qarorida belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning mavjud shtat birliklari doirasida mehnat nizolarini ko‘ruvchi alohida sudyalar korpusi shakllantiriladi.

 

Unga muvofiq, Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlarida esa 3 nafardan ixtisoslashgan sudya faoliyat yuritadi.

 

Shuningdek, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Karmana, Namangan, Termiz, Ohangaron, Farg‘ona va Urganch tumanlararo sudlarida 2 nafardan sudya mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashtiriladi. Samarqand shahar sudi hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida ham 2 nafardan shunday sudya faoliyat olib boradi. Kattaqo‘rg‘on, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlararo sudlarida esa bittadan ixtisoslashgan sudya ishlaydi.

 

Qarorga asosan, 2026-yil 1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushadigan mehnat nizolariga oid arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

 

Mazkur sanaga qadar kelib tushgan, shu jumladan ish yurituviga qabul qilingan fuqarolik ishlari esa avval amalda bo‘lgan tartib asosida ko‘rib chiqilib, yakunlanadi.

 

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.