O'zbekiston

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi kanalda cho‘kayotgan ayolni qutqarishga urinib, halok bo‘ldi

Kuchli suv oqimi sabab ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmagan va ayol ham suvga cho‘kib ketgan.

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi kanalda cho‘kayotgan ayolni qutqarishga urinib, halok bo‘ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi "Xotira xiyoboni" yodgorlik majmuasi yaqinidan oqib o‘tuvchi kanalda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, harbiy xizmatchilar kanal bo‘ylab oqib ketayotgan ayolni ko‘rib qolgan va uning hayotini saqlab qolish maqsadida zudlik bilan qutqaruv choralarini ko‘rgan.

 

Harbiy xizmatchilardan biri suvga tushib, ayolni qutqarishga uringan. Biroq kanalning kuchli oqimi tufayli fuqaroni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan va ayol suvga cho‘kib ketgan.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘zini kanalga tashlagan ayol shu kunning o‘zida qidiruv ishlari natijasida topilgan va uning jasadi yaqinlariga topshirilgan.

 

Qutqaruv vaqtida kuchli suv oqimi va girdob ta’sirida qolgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi esa bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi qidiruv-qutqaruv xizmatlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan maxsus qidiruv ishlari natijasida topildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy xizmatchi 2005-yilda tug‘ilgan bo‘lib, yaqin kunlarda uning to‘yi bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"