O'zbekiston

Zangiotada fuqaro MIBga qarshilik qilib, binoga o‘t qo‘ydi

Maʼlum bo‘lishicha, noqonuniy qurilmani majburiy buzdirish jarayonida qarzdor va uning yaqinlari faol qarshilik ko‘rsatgan.

Zangiotada fuqaro MIBga qarshilik qilib, binoga o‘t qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida noqonuniy qurib olingan tikuvchilik sexi MIB xodimlari tomonidan buzilib, uning ichida bo‘lgan buyumlar yoqib yuborilgani aytilgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Majburiy ijro byurosining Zamon.uz'ga maʼlum qilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor T.Shukurova tomonidan Zangiota tumani “Eshonguzar” ko‘rg‘onidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining muhofaza mintaqasida qurilgan 100,1 kv.metrdan iborat noqonuniy qurilmani o‘zining hisobidan buzish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

 

Ijro harakatlari davomida yuqorida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmani ixtiyoriy muddatda buzish uchun qarzdor T.Shukurova bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan noqonuniy qurilmani buzishdan bo‘yin tovlab kelgan.

 

Shundan so‘ng, joriy yilning 20-iyul kuni qarzdor T.Shukurovaga noqonuniy qurilmani bo‘shatish va o‘z hisobidan buzib olish, aks holda majburiy tartibda buzilishi haqida takroran ogohlantirilgan. Biroq, qarzdor T.Shukurova ogohlantirilganidan keyin oradan 17 kun o‘tgan bo‘lsa-da, qaror ijrosini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.

 

8 iyul kuni davlat ijrochilari tomonidan noqonuniy qurilmani buzish ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida manzilga borishganida, noqonuniy qurilmani bo‘shatishdan bo‘yin tovlab, ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan.

 

Bundan tashqari, qarzdor T.Shukurovaning singlisi ijro harakatlarini to‘xtatish maqsadida, noqonuniy qurilmada ko‘rpalarni yoqish yo‘li bilan yong‘in holatini sodir etgan va bu holat favqulodda vaziyatlar tezkor xodimlari tomonidan darhol bartaraf etilgan.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdor T.Shukurova va uning yaqin qarindoshlariga shikast yetkazilmagan va noqonuniy qurilma esa buzilib, ijro hujjati ijrosi taʼminlangan.

custom img

Diplomatiyaga qabul tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼlum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishida 550 ta o‘rin uchun 3 200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.

custom img

Toshkentda internet-narkomagazinida “zakladchik” bo‘lib ishlagan talabalar ushlandi

Tezkor tadbirlarda 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2,5 kg alfa-PVP protsessual tartibda musodara qilindi.

custom img

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Ular amalda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

custom img

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchi signalni avtomobil oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgani sababli eshitmaganini ma’lum qilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

Muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

custom img

Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi

“Toshkent” ko‘chasi ikki xalq do‘stligini mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"