O'zbekiston

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Zulayho Mahkamova egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

 

Dilnozaxon Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

 

Bu haqdagi qaror Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar tomonidan ma’qullandi deb xabar berdi Zamon.uz manbasi.

 

Shu munosabat bilan mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Zulayho Mahkamova egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

 

Tayinlovga qadar Dilnozaxon Kattaxonova Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Ma’lumot uchun, Dilnozaxon Kattaxonova 1991-yil 2-iyulda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U 2014-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyati davomida 2016–2017-yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.