O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi forumi yakunlandi: ishtirokchilar Prezidentga murojaat yo‘lladi

46 davlatdan 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan xalqaro forum o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Islom sivilizatsiyasi forumi yakunlandi: ishtirokchilar Prezidentga murojaat yo‘lladi

Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha I xalqaro forumning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir necha kun davomida Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjuman yakunida forum ishtirokchilarining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga murojaati o‘qib eshittirildi.

 

Yakunlovchi yalpi yig‘ilishni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi. U forum qisqa vaqt ichida islom sivilizatsiyasi tarixi, ilmiy merosi va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan eng yirik xalqaro muloqot maydonlaridan biriga aylanganini ta’kidladi hamda barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va ilmiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Qayd etilishicha, forumda dunyoning 46 davlatidan 500 nafardan ortiq olim, tadqiqotchi, davlat va jamoat arbobi, xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy muassasalar vakillari qatnashdi.

 

Forum doirasida Toshkent shahrida 14 ta yalpi va 6 ta sho‘ba yig‘ilishi, Samarqandda 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va 11 ta yalpi yig‘ilish, Termizda esa 1 ta xalqaro konferensiya hamda 2 ta sho‘ba yig‘ilishi tashkil etildi. Uchala shahardagi ilmiy anjumanlarda jami 129 ta ma’ruza tinglandi.

 

Shuningdek, forum davomida Islom sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan qator ilmiy va nashriyot loyihalari taqdim etildi. Yakunda Forum deklaratsiyasi qabul qilinib, 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan xalqaro hamkorlik yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Beshta kitob taqdimoti o‘tkazildi, oltita anglashuv memorandumi va hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

Forum ishtirokchilarining Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan murojaatida mazkur xalqaro anjuman insoniyatning umumiy ma’naviy va intellektual merosini asrashga xizmat qiluvchi global hamkorlikning yangi bosqichi sifatida baholandi.

 

Murojaatda Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi so‘nggi o‘n yillikdagi eng muhim xalqaro gumanitar tashabbuslardan biri ekani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, markaz kelgusida dunyoning yetakchi olimlari, universitetlari, muzeylari va ilmiy muassasalarini birlashtiruvchi yirik xalqaro ilmiy-ma’rifiy platformaga aylanishiga ishonch bildirildi.

 

Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda tarixiy merosni asrash, ilm-fanni rivojlantirish va sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Islom sivilizatsiyasini o‘rganish, asrash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon alyansini tashkil etish tashabbusini ilgari surdilar.

 

Yakunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston hukumati, forum tashkilotchilari va O‘zbekiston xalqiga forumni yuksak saviyada tashkil etgani hamda samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirildi.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"