Jahon

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi

Halok bo'lganlarning aksariyati avtomobillarda qochishga uringan paytda olov qurshovida qolgan.

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi


 
Ispaniyaning janubi-sharqidagi Andalusiya avtonom hududida yuz bergan yirik o‘rmon yong‘ini oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Hodisa mamlakat va Janubiy Yevropaning boshqa hududlarida davom etayotgan kuchli jazirama fonida sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.


 
Yong‘in Los Galyardos shaharchasi yaqinida boshlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik oqibatida qulagan sim quruq o‘simliklarni yondirib yuborgan. Kuchli shamol va havo haroratining 40 darajaga yaqinlashgani sabab olov qisqa vaqt ichida katta hududga tarqalgan.


 
Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati avtomobillarda qochishga uringan paytda olov qurshovida qolgan. Yana bir necha kishi kuyish va tutundan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. O‘nlab aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.


 
Yong‘inni o‘chirish ishlariga yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, vertolyotlar va maxsus aviatsiya jalb etilgan. Biroq yuqori harorat, kuchli shamol hamda quruq ob-havo olovni nazorat ostiga olishni qiyinlashtirmoqda. Ayrim avtomobil yo‘llari yopilgan, aholiga zarurat bo‘lmasa uylarini tark etmaslik tavsiya etilgan.


 
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, hukumat jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini ma'lum qildi. Andalusiya hukumati ham yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilganini bildirdi.


 
Ayni paytda Janubiy Yevropaning boshqa mamlakatlari ham jazirama va yirik yong‘inlarga duch kelmoqda. Fransiya, Portugaliya va Gretsiyada ham o‘nlab o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan. Meteorologlar havo haroratining yaqin kunlarda ham yuqori bo‘lishi va yong‘in xavfi saqlanib qolishidan ogohlantirmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"