O'zbekiston

Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Madaniyat vazirining to‘rt nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, yangilari tayinlandi. Hasan Salihov Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘ldi.

Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti qarorlari bilan Madaniyat vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Kinematografiya agentligi rahbariyatida qator lavozim tayinlovlari va o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, Nodirbek Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Odiljon Abduqahorov esa madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi.

 

Jahongir Axmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shuxratulla Rizayevning o‘rnini egalladi. Axmedov 2025-yil may oyidan buyon Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

 

Shuningdek, Sanjar Bobojonov madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

 

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Axmedov va Avazxon Tajixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Murodjon Majidov hamda Yusufjon Usmonov esa madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

 

Bundan tashqari, Hasan Salihov prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Kreativ industriya parki direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Birida 3 450, boshqasida 1 350 dollar: Umra va’dasi bilan bog‘liq holatlar fosh bo‘ldi

Samarqand va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda ziyoratga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar ushlandi.