O'zbekiston

Navoiyda 3 kishi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Hodisa 8-iyul kuni sodir bo‘lgan. Fuqarolarning jasadi 10-iyul kuni topildi.

Navoiyda 3 kishi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan uch nafar fuqaroning jasadi qidiruv-qutqaruv ishlari davomida topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 8-iyul kuni soat 13:50 da Zarafshon daryosining Karmana tumani "Katta masjid" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida uch nafar fuqaro cho‘milish uchun daryoga kirib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shundan so‘ng voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Maxsus qutqaruv otryadi g‘avvoslari hamda boshqa tegishli xizmatlar jalb etilgan.

 

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 10-iyul kuni uchala fuqaroning jasadi Zarafshon daryosining Karmana tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.

 

Voqea joyiga viloyat FVB, tuman IIB va prokuratura masʼullari chiqqan.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.