O'zbekiston

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 5 ta oliygoh dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi

100 ta oliygoh ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 5 ta oliygoh dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda qayd etilishicha, so‘nggi sakkiz yilda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetgan.

 

Joriy yilda 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy etilmoqda.

 

Shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytinglarda dunyoning eng yaxshi mingta oliy ta’lim muassasasi qatoridan joy oldi. Oliy ta’lim muassasalaridagi 157 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

 

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, oliygohlarning xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirish va bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

 

Xususan, 2030-yilgacha kamida beshta oliy ta’lim muassasasini umumiy reytinglarda, yana o‘nta oliygohni fan yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik universitetlari qatoriga kiritish maqsad qilingan. Shuningdek, 100 ta oliygoh ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va pedagoglarining kamida 30 foizini xorijiy til hamda mutaxassislik bo‘yicha xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlash, 2,5 ming nafar texnikum va 20 ming nafar oliygoh pedagogini xorijda malaka oshirishga yuborish vazifasi belgilandi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"