O'zbekiston

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi

Davlat idoralarida manfaatlar to‘qnashuviga oid 831 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, yuzlab xodimlarga nisbatan tartibga solish choralari ko‘rildi.

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni kompleks tahlil qildi. Natijada 2 951 ta manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan 336 ta mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma taqdim etilgan. Shuningdek, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga oid 627 385 ta deklaratsiya rasmiylashtirilgan.

 

Tahlil natijasida 446 ta mavjud hamda 2 505 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanib, ularning umumiy soni 2 951 tani tashkil etgan.

 

Qonunchilik talablariga muvofiq 865 ta holat yuzasidan manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralari ko‘rilgtan. Jumladan:

  • 138 nafar xodim boshqa rahbar bo‘ysunuviga o‘tkazilgan;

  • 11 nafar xodim kollegial organ tarkibidan chiqqan;

  • 21 nafar xodimning xizmat vakolatlari qayta ko‘rib chiqilgan;

  • 51 nafar xodimning ayrim axborot va hujjatlardan foydalanishi cheklangan;

  • 301 nafar xodimning yakka tartibda qaror qabul qilish vakolati ustidan kollegial nazorat o‘rnatilgan;

  • 87 nafar xodimga shaxsiy manfaatdorlikni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;

  • 196 nafar xodim shaxsiy manfaatdorligidan ixtiyoriy voz kechgan;

  • 60 nafar xodim boshqa lavozimga o‘tkazilgan yoki ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

O‘rganishlar davomida vazirliklar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha belgilangan cheklovlarga rioya etilmagan 831 ta holat aniqlagan. Shundan 60 tasi vazirliklar771 tasi esa mahalliy hokimliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-4-moddasi asosida 168 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarorlariga muvofiq aybdorlarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda bu boradagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni izchil davom ettirishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"