O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani yangi lavozimi bilan tabrikladi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani yangi lavozimi bilan tabrikladi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi. 

 

 

Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu lavozim 19 milliondan ortiq xotin-qizlarning manfaat va ehtiyojlari bilan bog‘liq katta mas’uliyat ekanini ta’kidladi.

 

 

Uning qayd etishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalar vaqtinchalik choralar bilan emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuv asosida hal etilishi lozim.

 

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva jazo muddatini o‘tayotgan, uyidan va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan hamda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 

 

“Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar: jazo muddatini o‘tayotgan, uyi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ular yolg‘izlanib qolmaganlarini, davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishlari kerak”, deya yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

 

Yakunda Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovaga yangi faoliyatida oqilalik, qat’iyat va yurtdagi har bir ayol hayotida ijobiy o‘zgarishlar aks etadigan yuksak natijalar tiladi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.