O'zbekiston

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmonlari bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti farmonlari bilan Prezident Administratsiyasi va Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida qator kadrlar o‘zgarishlari amalga oshirildi.

 

Unga ko‘ra, Sardor Uktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, Prezident farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.

 

Bundan tashqari, Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi.

 

Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov 2023-yil avgust oyida Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan. 2025-yil iyul oyidan buyon esa Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

custom img

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

Oliy sud Tomdi tuman sudi raisi vafoti yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"