O'zbekiston

Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi

Shaharchada nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, zamonaviy kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilgan.

Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti davomida Toshkent xalqaro universitetlar shaharchasini tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi.

 

Loyihani amalga oshirishda Qatardagi Education City, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubai International Academic City hamda Janubiy Koreyadagi Incheon Global Campus tajribasidan foydalanish taklif etildi.

 

Takliflarga ko‘ra, universitetlar shaharchasida nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, zamonaviy kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilgan. 

 

Shuningdek, litsenziyalash talablarini soddalashtirish, grant va stipendiyalar ajratish, bojxona hamda soliq imtiyozlarini qo‘llash, royalti to‘lovlarining bir qismini qoplash mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, tashabbusning asosiy maqsadi O‘zbekistonni xalqaro ta’lim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakchi ta’lim markaziga aylantirishdan iborat.

 

Taqdimot yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, integratsiyalashgan ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, ularning sifatini xalqaro talablarga moslashtirish hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan uzoq muddatli akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"