O'zbekiston

Turizmni filmlar orqali targ‘ib qilish: “Film in Uzbekistan” platformasi yaratiladi

Endi O‘zbekistonda film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning 25 foizigacha qoplab beriladi.

Turizmni filmlar orqali targ‘ib qilish: “Film in Uzbekistan” platformasi yaratiladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-iyuldagi 372-son qarori bilan O‘zbekistonning turistik salohiyatini filmlar orqali targ‘ib qilishga qaratilgan yangi tizim joriy etildi. Bu haqda Turizm qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qarorga muvofiq, mamlakatda ilk bor xorijiy kinokompaniyalarni jalb etishga xizmat qiluvchi “rebate” dasturi hamda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi va turistik salohiyatini xorijiy filmlarda namoyish etishni rag‘batlantiruvchi “country placement” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

“Rebate” dasturi doirasida xorijiy kinokompaniyalarga ularning mamlakat hududida amalga oshirgan xarajatlari hajmiga qarab mablag‘larning bir qismi qaytariladi. Jumladan:

  • 3 mlrd so‘mgacha – 10 foiz;

  • 3 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha – 15 foiz;

  • 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha – 20 foiz;

  • 10 mlrd so‘mdan ortiq – 25 foiz.

 

Bunda bir loyiha uchun qoplanadigan mablag‘ 4 milliard so‘mdan oshmaydi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-noyabrga qadar “Film in Uzbekistan” raqamli platformasi ishga tushiriladi. Platformada mamlakatdagi kinolokatsiyalar, suratga olish infratuzilmasi, tarixiy obidalar, rekvizitlar, tarixiy liboslar, maxsus texnikalar hamda kinoturizm imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar jamlanadi.

 

Turizm qo‘mitasiga 2026-yil 1-oktabrga qadar filmlar suratga olish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan davlat obyektlari, tarixiy yodgorliklar, madaniyat va istirohat bog‘lari hamda boshqa lokatsiyalar ro‘yxatini shakllantirish, ularning ijara tariflarini tasdiqlash va platformaga joylashtirish vazifasi yuklatildi.

 

Qarorga muvofiq, 2026-yilda xorijiy kinokompaniyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat budjetidan 5 milliard so‘m ajratiladi. 2027-yildan boshlab esa ushbu mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida alohida nazarda tutiladi.

 

Yangi tizim to‘liq raqamlashtiriladi. Arizalar elektron platforma orqali qabul qilinadi, tasdiqlangan loyihalarga maxsus ID raqam va QR-kod beriladi. Suratga olish ishlari yakunlangach, kinokompaniya 60 kun ichida zarur hujjatlarni platformaga yuklaydi. Komissiya hujjatlarni 15 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi, kamchiliklar aniqlansa ularni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi. Ijobiy xulosa chiqarilgach, kompensatsiya mablag‘lari 5 ish kuni ichida kinokompaniya hisobiga o‘tkaziladi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"