Jahon

Ali Xomanaiy va boshqa qurbonlar uchun qasos olinadi — Mojtaba Xomanaiy

Eron Oliy Rahbari qasos olish xalq irodasi ekanini bildirib, AQSh va Isroilni javobgarlikka tortishga va’da berdi.

Ali Xomanaiy va boshqa qurbonlar uchun qasos olinadi — Mojtaba Xomanaiy

 

Eron Oliy Rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSh va Isroilning hujumlari oqibatida halok bo‘lgan sobiq Oliy Rahbar Ali Xomanaiy hamda boshqa eronliklarning o‘limi uchun qasos olinishi haqida bayonot berdi.

 

Fars agentligi xabariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tomonidan e’lon qilingan murojaatida qasos olish Eron xalqining qat’iy talabi ekanini ta’kidlagan.

 

“Biz sizning va ushbu urushlarda halok bo‘lgan barcha shahidlarning qoni uchun jinoyatchilarni jazolashga qasamyod qilamiz. Bu qasos xalqimizning irodasidir va u albatta amalga oshadi”, — deyiladi bayonotda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon ayrim shaxslarning taqdiriga bog‘liq emas va Eron o‘z maqsadidan voz kechmaydi.

 

Mazkur bayonot Ali Xomanaiy dafn marosimi munosabati bilan tayyorlangan nutqdan parcha ekani qayd etilgan. IRGC ma’lumotiga ko‘ra, unda Eron xalqining “shahidlar qoni uchun javob berish” qat’iyati yana bir bor ta’kidlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, sobiq Oliy Rahbar Ali Xomenei 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlarda halok bo‘lgan. Shundan so‘ng uning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiy mamlakatning yangi Oliy Rahbari etib tayinlangan. Ali Xomanaiy 9-iyul kuni Mashhad shahrida dafn etilgan.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.