O'zbekiston

Andijonda YPX xodimini ayblab, video joylashtirgan haydovchi uzr so'radi

Haydovchi davlat raqam belgisini yashirgani uchun javobgarlikka tortilganidan norozi bo‘lib, bu haqda ijtimoiy tarmoqda video e’lon qilgan.

Andijonda YPX xodimini ayblab, video joylashtirgan haydovchi uzr so'radi

 

Andijon viloyatida avtomobilining davlat raqam belgisini qasddan yashirib harakatlangan haydovchiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Keyinchalik u ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videodagi ayblovlari uchun uzr so‘radi.

 

Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qulflanib qolgan eshiklarni ochish xizmati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomobilning old va orqa davlat raqam belgilarini qora sellofan paket bilan yopgan holda harakatlangan.

 

Qoidabuzarlik YPX xodimi tomonidan aniqlanib, haydovchi to‘xtatilgan va unga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur fuqaro bundan 10 kun avval ham aynan shu YPX xodimi tomonidan davlat raqamini skotch bilan yopgan holda harakatlangani uchun to‘xtatilgan. O‘shanda unga tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirish bilan cheklanilgan. Shunga qaramay, haydovchi qoidabuzarlikni takrorlagan.

 

Haydovchi dastlab ushbu holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlarini ayblovchi videoni e’lon qilgan. Biroq keyinchalik o‘z qoidabuzarligini tan olib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar qonuniy bo‘lganini bildirgan hamda obunachilaridan uzr so‘ragan.

 

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qoidabuzarlik sodir etilgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"