O'zbekiston

Bojxona tizimida ochiq muloqot: tadbirkorlar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

Joriy yilda 7,6 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, tadbirkorlarga 2,7 trillion so‘mlik imtiyozlar taqdim etildi.

Bojxona tizimida ochiq muloqot: tadbirkorlar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan muntazam ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvlarda bojxona rasmiylashtiruvi, eksport-import jarayonlari, logistika, bojxona imtiyozlari hamda yuklarni chegara orqali tezkor o‘tkazish bilan bog‘liq taklif va murojaatlar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda.

 

Joriy yil boshidan buyon Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 7,6 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblangan. Shundan 2,7 trillion so‘m miqdoridagi bojxona imtiyozlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘llanilgan. Natijada davlat budjetiga 4,9 trillion so‘m mablag‘ o‘tkazilishi ta’minlangan.

 

Tadbirkorlarning murojaatlari asosida chegara-bojxona postlarida yuk va yo‘lovchilar harakatini tezlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda ortiqcha vaqt sarfini kamaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Shu maqsadda rekonstruksiya qilingan "Navoiy" chegara-bojxona posti zamonaviy infratuzilma bilan jihozlandi. Postning o‘tkazuvchanlik quvvati oshirilib, bir sutkada 15–20 ming nafargacha yo‘lovchi hamda 600–1000 tagacha yengil avtomobilni qabul qilish imkoniyati yaratildi.

 

Shuningdek, "Yallama" chegara-bojxona posti hududida 20 gektar maydonda barpo etilgan zamonaviy bojxona terminalida bojxona, bank, logistika, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologiya va boshqa davlat xizmatlari "Yagona darcha" tamoyili asosida ko‘rsatilmoqda. Terminal bir vaqtning o‘zida 500 ta yuk avtomashinasini qabul qila oladi.

 

Bundan tashqari, chegaralarda "Elektron navbat" tizimini joriy etish va yo‘lbo‘yi servis infratuzilmasini rivojlantirish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining vaqt va xarajatlarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Eksportni rag‘batlantirish maqsadida hududlardagi korxonalar bilan hamkorlik ham kuchaytirilgan. Xususan, joriy yil boshidan buyon 80 dan ortiq tadbirkorlik subyekti tomonidan qiymati 360 million AQSH dollari bo‘lgan import xomashyosi "bojxona hududida qayta ishlash" rejimiga joylashtirildi. Natijada qiymati 148 million AQSH dollari bo‘lgan tayyor mahsulotlar eksport qilindi.

 

Bojxona boshqarmasi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish orqali qulay ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishini ma’lum qildi.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"