O'zbekiston

IPhO 2026: O‘zbekiston xalqaro fizika olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi

Kolumbiyada o‘tkazilgan nufuzli olimpiadada o‘quvchilar 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

IPhO 2026: O‘zbekiston xalqaro fizika olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi

 

O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO–2026) tarixdagi eng yuqori natijani qayd etdi.

 

Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan o‘quvchilar 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

  • Asilbek Jumanazarov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab;

  • Muhammad Abdumalikov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;

  • Elbek Uroqov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab;

  • Hasan Kamolov — Qo‘qon shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab;

  • Javohir Aknazarov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (Honorable Mention).

 

Mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimiz vakillari ilk bor Xalqaro fizika olimpiadasida ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu esa jamoaning IPhOdagi ishtiroki tarixidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

 

Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish orqali o‘z bilim va salohiyatini namoyish etadi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"