O'zbekiston

Janubiy Koreya va AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan “uddaburonlar” ushlandi

50 ming va 55 ming dollar evaziga xorijga jo‘natishni va’da qilganlarning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Janubiy Koreya va AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan “uddaburonlar” ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni Janubiy Koreya va AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Birinchi holatda, Toshkent shahrida yashovchi 1994 va 1999-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, fuqarolarni tanishlari orqali “G-1” vizasi olib berish yo‘li bilan Janubiy Koreyaga ishga yuborish, keyinchalik esa ushbu davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Ular ushbu xizmat evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Ikkinchi holatda esa Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan, avval Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan fuqaro boshqa bir shaxsni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborishni va’da qilgan.

 

U fuqaroni “O‘zbekiston – Turkiya – Ispaniya – Meksika – AQSH” yo‘nalishi orqali yuborishni taklif qilib, buning evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan mablag‘ning bir qismi — 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.