O'zbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish hamda ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.

 

Mazkur bitim 2025-yil 15-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan bo‘lib, u transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish, ularni birgalikda boshqarish hamda davlatlararo ahamiyatga ega suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

 

Bitimga muvofiq, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transchegaraviy suv obyektlarini boshqarish bo‘yicha hukumatlararo komissiya tashkil etiladi. Mazkur komissiya umumiy suv resurslaridan foydalanish, davlatlararo gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirib boradi.

 

Shuningdek, tomonlar suv xo‘jaligi sohasida axborot almashish, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirishga kelishib olgan.

 

Mutaxassislar fikricha, bitim transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish, ehtimoliy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda mintaqaviy suv hamkorligini mustahkamlash uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo havzasidagi transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanadi. Ushbu suvlar har ikki mamlakatda qishloq xo‘jaligini sug‘orish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va ekologik barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur bitim O‘zbekiston tomonidan 2026-yil 6-martdagi Prezidentning PQ-88-son qarori bilan tasdiqlangan edi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"