Jahon

Pentagon NUJlar haqida yangi hujjatlarni e’lon qildi

AQSh Urush vazirligining ta'kidlashicha, e'lon qilingan hujjatlar o‘zga sayyoraliklar mavjudligini tasdiqlamaydi.

Pentagon NUJlar haqida yangi hujjatlarni e’lon qildi


 
AQSH Mudofaa vazirligi noma'lum uchuvchi jismlar haqidagi maxfiylashtirilgan hujjatlarning to‘rtinchi to‘plamini jamoatchilikka taqdim etdi. Navbatdagi reliz tarkibiga 40 ta yangi material, jumladan 19 ta video, 14 ta hujjat, 4 ta audioyozuv va 3 ta surat kiritilgan. Bu haqda CBS News xabar berdi.


 
Hujjatlar AQSH hukumati tomonidan may oyida ishga tushirilgan PURSUE dasturi doirasida e'lon qilinmoqda. Dastur Donald Trampning davlat idoralariga NUJlar bilan bog‘liq materiallarni bosqichma-bosqich maxfiylikdan chiqarish haqidagi topshirig‘idan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan.


 
Yangi to‘plamdagi eng e'tiborli materiallardan biri 1949-yilda AQSh Atom energiyasi komissiyasi tomonidan Los-Alamos yadroviy markazi ustida kuzatilgan sirli "yashil olov sharlar" haqidagi hisoboti bo‘ldi. O‘sha paytda mutaxassislar hodisaga aniq izoh topa olmagan va u sovet josuslik faoliyati yoki noma'lum tabiiy hodisa bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.


 
Shuningdek, 1996-yilda Space Shuttle Columbia ekipaji tomonidan olingan suratlar ham e'lon qilindi. Ularda Yer orbitasida paydo bo‘lgan noma'lum yorug‘ jismlar aks etgan. Pentagon ushbu obyektlarning kelib chiqishi haqida yakuniy xulosa bermagan.


 
Materiallar orasida AQSh harbiy uchuvchisining hisoboti ham bor. 28 yillik tajribaga ega uchuvchi xizmat parvozi vaqtida kuzatgan obyekt haqida "Bu men ilgari ko‘rgan narsalarga o‘xshamas edi" degan.


 
Hisobotga ko‘ra, obyekt g‘ayrioddiy tezlikda harakatlangan, keskin yo‘nalish o‘zgartirgan va mavjud aviatsiya texnologiyalariga xos bo‘lmagan parvoz xususiyatlarini namoyon etgan. Biroq tekshiruv yakunida hodisaga aniq izoh berilmagan.


 
Yana bir videoda AQSh Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi tomonidan Sariq dengiz uzra kuzatilgan olti qirrali yulduz shaklidagi noma'lum obyekt tasvirlangan. Harbiylar uni bir muddat kuzatgan bo‘lsa-da, uning tabiati va kelib chiqishini aniqlay olmagan.


 
Pentagon ta'kidlashicha, e'lon qilingan hujjatlar o‘zga sayyoraliklar mavjudligini tasdiqlamaydi. Aksariyat holatlar bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmagani yoki tasvir sifati pastligi sabab obyektlarning asl holatini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Shu bilan birga, idora bunday hodisalarni milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘rganishda davom etishini bildirgan.


 
CBS News'ning qayd etishicha, Pentagon may oyidan buyon NUJlar haqidagi materiallarni bosqichma-bosqich e'lon qilib kelmoqda. Dastlabki uchta reliz ham jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan, biroq ularda ham o‘zga sayyoraliklar yoki noma'lum texnologiyalar mavjudligini isbotlovchi dalillar topilmagan edi. Rasmiylarga ko‘ra, kelgusida ham yangi hujjatlar va videolar e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
 

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

custom img

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

custom img

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"