O'zbekiston

Qashqadaryoda ikki bor qo‘lga tushgan eshak go‘shti savdogari 4,5 yilga qamaldi

Sudlanuvchining xonadonidan ikki marotaba yuzlab kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht va eshak terilari aniqlangan.

Qashqadaryoda ikki bor qo‘lga tushgan eshak go‘shti savdogari 4,5 yilga qamaldi

 

Qashqadaryo viloyatida o‘z xonadonida eshak so‘yib, go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan erkakka 4,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kun.uz ma'lumotlariga ko‘ra, 44 yoshli fuqaro I. X. qisqa muddat ichida mazkur qilmishi uchun ikki marotaba sudlangan.

 

Dastlab, 2025-yil 22-oktabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uning yashash xonadonidan 61 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht, 112 dona eshak terisi hamda 15 dona eshak qovurg‘asi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudi tomonidan unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

 

Shunga qaramay, 2025-yil 28-dekabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda uning xonadonidan 247 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht, eshak suyaklari va 99 dona eshak terisi topilgan. Ushbu ish bo‘yicha Qarshi tuman sudi 2026-yil 13-maydagi hukmi bilan yana ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

 

Mazkur hukm yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari tomonidan protest kiritilib, tayinlangan jazo haddan tashqari yengil ekani ta’kidlangan.

 

Natijada Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi dastlabki hukmni bekor qilib, yangi hukm chiqardi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, I. X. Jinoyat kodeksining 186-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan aybli deb topilib, 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Avvalgi hukm bilan tayinlangan jazo qisman qo‘shilib, unga yakuniy 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Mahkum jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi va u sud zalining o‘zida qamoqqa olingan.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"