O'zbekiston

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi

1968-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan olimpiadaga Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qilmoqda.

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi



10–19-iyul kunlari Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri - 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Olimpiada tarixida ilk bor O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo ushbu nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda.



Mazkur olimpiadada 90 dan ortiq davlatdan 1000 ga yaqin ishtirokchi, iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari, Xalqaro ilmiy qo‘mita a’zolari, kuzatuvchilar va xorijiy mehmonlar qatnashishi kutilmoqda. Musobaqa davomida ishtirokchilar nazariy va amaliy yo‘nalishlarda bilimlarini sinovdan o‘tkazadi. Bundan tashqari, delegatsiyalar uchun O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini namoyish etuvchi maxsus dasturlar ham tashkil etiladi.



1968-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro kimyo olimpiadasi maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng yirik va eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridan biri hisoblanadi. Unda har bir mamlakatdan eng ko‘pi bilan to‘rt nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashadi. Ishtirokchilar besh soatlik nazariy hamda besh soatlik laboratoriya-amaliy imtihonlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etadi. Olimpiadada jamoaviy emas, balki individual natijalar baholanadi va eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilarga oltin, kumush hamda bronza medallari topshiriladi.



Olimpiadaga tayyorgarlik ishlari 2024-yildan boshlab izchil olib borildi. Tashkilotchilar avvalgi yillarda Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 56- va 57-Xalqaro kimyo olimpiadalari tajribasini o‘rgandi. Shuningdek, IChO 2026 uchun rasmiy logotip va maxsus veb-sayt yaratildi, delegatsiyalar bilan ishlash uchun zamonaviy axborot platformasi ishlab chiqildi. Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash maqsadida xalqaro ilmiy qo‘mita shakllantirildi, laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos jihozlandi va zamonaviy uskunalar xarid qilindi.



Ilmiy qo‘mita tarkibiga dunyoning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlari vakillari jalb etilgan. Ular orasida AQSHdagi Garvard universiteti, Turkiyadagi Bilkent universiteti, Shveysariyadagi ETH Zurich, Rossiyadagi M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda Chexiyadagi Praga kimyo va texnologiya universiteti olimlari bor.



So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik tizimi ham tubdan takomillashtirildi. Prezidentning 2024-yil 30-sentabrdagi qarori asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etildi. Markaz faoliyati doirasida xalqaro standartlar asosida tayyorgarlik tizimi yo‘lga qo‘yildi, xorijiy trener va ekspertlar jalb qilindi, terma jamoalar uchun intensiv o‘quv yig‘inlari tashkil etildi hamda ilmiy-metodik baza mustahkamlandi.



Bu islohotlar natijasida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalari ham sezilarli yaxshilandi. Xususan, 2025-yilda O‘zbekiston o‘quvchilari 29 ta xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etib, jami 210 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 40 tasi oltin, 78 tasi kumush va 92 tasi bronza medallardan iborat bo‘ldi.



Mutaxassislar fikricha, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ta’lim hamjamiyatidagi nufuzini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va mamlakatning zamonaviy ta’lim tizimi hamda ilmiy salohiyatini dunyoga namoyish etish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.



Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari davlat tomonidan katta miqdorda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal qo‘lga kiritgan o‘quvchiga 1 milliard 30 million so‘m, kumush medal sovrindoriga 618 million so‘m, bronza medal egasiga esa 412 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. G‘oliblarni tayyorlagan ustozlar ham alohida rag‘batlantiriladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"