O'zbekiston

Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketdi

Bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketdi

 

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker rusumli avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yoshli bola halok bo‘ldi.

 

“Millar”ning ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 1-iyul kuni Cho‘ldaraxt ko‘chasida yuz bergan. Harakatlanib ketayotgan Tracker rusumli avtomobil yo‘lga to‘satdan yugurib chiqqan 6 yoshli bolani bosib ketgan.

 

Kuzatuv kameralari tasvirlariga ko‘ra, bola yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomobili ortidan yugurib chiqqan va Tracker uni old hamda orqa g‘ildiraklari bilan bosib o‘tgan. Oqibatda bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

 

Mahalliy aholi mazkur hududda bolalar maydonchasi yo‘qligi sababli bolalar ko‘chada o‘ynashga majbur bo‘layotganini bildirgan. Ayrim guvohlarning ta’kidlashicha, avtomobilni boshqargan haydovchi ayol hodisa sodir bo‘lgan paytda tormoz bermagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"