Jahon

Xitoyda “Bavi” to‘foni xavfi sabab 600 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Filippinda to‘fon natijasida 17 kishi halok bo‘ldi.

Xitoyda “Bavi” to‘foni xavfi sabab 600 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Yaponiyaning Sakishima orollariga zarba bergan va Tayvanning shimoliy qismini chetlab o‘tgan "Bavi" to‘foni Xitoy tomon harakatlanmoqda. Tabiiy ofat xavfi tufayli mamlakatning sharqiy hududlaridan 600 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Xitoy rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Chjeszyan provinsiyasidan 500 mingdan ortiq, qo‘shni Futszyan provinsiyasidan esa 100 mingga yaqin kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

 

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, tayfun 13-iyulga o‘tar kechasi Chjeszyan provinsiyasining Venchjou shahriga yetib borishi va kuchli yomg‘ir hamda shamol olib kelishi kutilmoqda. Meteorologlarning ta’kidlashicha, "Bavi" avvalgi kuchini ancha yo‘qotgan bo‘lsa-da, tarkibidagi katta miqdordagi namlik sababli hamon jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

 

Xitoy milliy meteorologiya xizmati tayfun bo‘yicha ikkinchi eng yuqori — to‘q sariq darajadagi ogohlantirishni e’lon qildi. Yuzlab aviareyslar bekor qilindi, temiryo‘l qatnovi qisqartirildi, maktablar va paromlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

Futszyan provinsiyasining Ninde shahrida 3,7 mingdan ortiq aholi xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan, 17 mingdan ziyod qutqaruvchi favqulodda vaziyatlarga tayyor holatga keltirilgan.

 

Ayni paytda Xitoy janubidagi Xaynan va Guansi hududlari hafta boshida kuzatilgan "Maysak" tropik bo‘roni oqibatlarini bartaraf etishda davom etmoqda. Nannin shahrida to‘g‘on buzilishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlarda kamida 39 kishi halok bo‘lgan.

 

"Bavi" tayfuni qo‘shni davlatlarda ham talafotlar keltirib chiqardi. Filippinda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Tayvanda 36 kishi jarohat oldi, 14 ming 210 kishi evakuatsiya qilindi. Yaponiyaning Okinava prefekturasida esa 200 dan ortiq aviareys bekor qilinib, aholi kuchli shamol, baland to‘lqin va suv sathining ko‘tarilishi xavfi haqida ogohlantirildi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.