O'zbekiston

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Yangi tuzilma Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida tashkil etilib, xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalarini bir platformada birlashtirishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tuziladi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunida 10 ta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan Deklaratsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

 

Hujjatga muvofiq, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansini tashkil etish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, forumda 40 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin xorijiy ishtirokchi qatnashgan. Ular Deklaratsiyada nazarda tutilgan mazkur tashabbusni bir ovozdan ma’qullagan.

 

Qayd etilishicha, Jahon Islom sivilizatsiyasi alyansi tarkibiga xalqaro tashkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, fanlar akademiyalari, muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, islom qo‘lyozmalari markazlari, tadqiqot institutlari hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar birlashtiriladi.

 

Alyansning asosiy maqsadi uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy, ta’limiy, madaniy, muzey va raqamli loyihalarni amalga oshirish, bilim va ilg‘or tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, shuningdek, islom sivilizatsiyasining jahon madaniy va intellektual merosidagi o‘rnini asrash, ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishdan iborat.

 

Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish, ilm-fan, ta’lim, madaniyatlararo muloqot va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shilgan ulkan hissani munosib taqdirlash maqsadida xalqaro mukofot ta’sis etiladi.

 

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi 7-iyul kuni o‘z ishini boshlagan. Forum Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilib, uning dasturidan 11 ta yalpi majlis va 4 ta xalqaro konferensiya o‘rin olgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.