Jahon

Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etdi

Mamlakatda to‘rt kunlik motam e’lon qilindi. Bir necha davlatlar yetakchilari Shayx Hamadning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etdi

Qatarning sobiq amiri, mamlakatning zamonaviy taraqqiyotiga asos solgan siyosatchilardan biri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

Ma’lum qilinishicha, sobiq amir 12-iyul tongida hayotdan ko‘z yumgan. Uning vafoti munosabati bilan Qatarda 4 kunlik umumxalq motami 13-iyuldan boshlanadi. Shu davrda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari faoliyati to‘xtatiladi, davlat bayroqlari yarim ustunga tushiriladi.

 

Shayx Hamad 1995-yildan 2013-yilgacha Qatarni boshqargan. Uning rahbarligi davrida mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan jadal rivojlanib, dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchisiga aylandi. Shuningdek, Qatar xalqaro maydondagi siyosiy va iqtisodiy ta’sirini sezilarli darajada kuchaytirdi.

 

Uning hukmronligi davrida 1996-yilda Al Jazeera axborot tarmog‘i tashkil etildi, 2004-yilda esa mamlakatning birinchi doimiy Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shu davrda mahalliy saylovlar joriy etilib, ayollarga ovoz berish va nomzod sifatida qatnashish huquqi berildi.

 

2013-yilda Shayx Hamad hokimiyatni o‘g‘li Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga topshirgan edi. Bu Fors ko‘rfazi arab monarxiyalari tarixida kam uchraydigan ixtiyoriy taxtni topshirish holatlaridan biri sifatida baholangan.

 

Sobiq amirning vafoti munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy hamda BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamdardlik bildirib, uning Qatar taraqqiyoti va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini e’tirof etdi.

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

custom img

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

custom img

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"