O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Cheklovlar 13-iyuldan boshlanib, hududlarga qarab 15–18-iyulgacha amal qiladi.

Qoraqalpog‘istonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida havo haroratining keskin ko‘tarilishi munosabati bilan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, shahar va tuman hokimlarining qarorlariga asosan:

 

  • Nukus shahridagi bog‘chalar 13–18-iyul kunlari;
  • Amudaryo tumanida 13–15-iyul;
  • Beruniy tumanida 13–17-iyul;
  • Xo‘jayli tumanida 13–18-iyul;
  • Taxiatosh, Shumanay, Mo‘ynoq, Qonliko‘l va To‘rtko‘l tumanlarida esa 13–17-iyul kunlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

 

Vazirlikka ko‘ra, mazkur qaror bolalarning sog‘lig‘ini jazirama issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Faoliyatni vaqtincha to‘xtatish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari hamda tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, ota-onalarga farzandlari salomatligiga alohida e’tibor qaratish, kunning eng issiq vaqtlarida ularning ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va zarur ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etildi.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"