Jahon

Bangkokdagi barda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

60 dan ortiq kishi jarohatlangan, ayrim shaxslar bedarak yo‘qolgan.

Bangkokdagi barda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

 

Tailand poytaxti Bangkokning Chatuchak tumanidagi barda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Tailand rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 9 nafar erkak va 18 nafar ayol bor. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan bo‘lib, ularning 8 nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilingan. Shuningdek, ayrim shaxslar bedarak yo‘qolgani ham xabar qilinmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr taqsimlash paneli yaqinida boshlangan. Tailand Bosh vaziri Anuthin Chanvirakunning aytishicha, voqea joyida bo‘lgan musiqachi olov juda qisqa vaqt ichida butun binoni qamrab olganini bildirgan.

 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab odamlar binoning orqa qismida bo‘lgani sababli tashqariga chiqishga ulgurmagan. Ayrimlari olov va tutundan qochib, hojatxonaga yashiringan, qutqaruvchilar esa qurbonlarning aksariyatini aynan shu yerdan topgan.

 

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni taxminan 30 daqiqa ichida to‘liq nazorat ostiga olgan.

 

Voqea joyidan olingan tasvirlarda bino ichki qismi deyarli to‘liq yonib ketgani, devor va mebellar kuyib kul bo‘lgani hamda shiftning bir qismi qulab tushgani aks etgan.

 

Bangkok gubernatori Chadchart Sittipunt yong‘in tez tarqalishiga bino ichidagi yonuvchan materiallar sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

 

Hozirda yong‘in sabablari yuzasidan rasmiy tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"