O'zbekiston

Ekologiya qo‘mitasi anomal issiq kunlari munosabati bilan ogohlantirish bilan chiqdi

Jazirama insonlar bilan birga yashil hududlar va hayvonot dunyosi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Ekologiya qo‘mitasi anomal issiq kunlari munosabati bilan ogohlantirish bilan chiqdi

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 13–17-iyul kunlari respublika hududida kuzatilishi kutilayotgan anomal issiq munosabati bilan fuqarolar va mas’ul tashkilotlarni ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

 

Ekologiya va iqlim o'zgarishi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kunlarda janubdan kirib keladigan o‘ta issiq havo oqimlari sabab ayrim hududlarda havo harorati 44–46 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

 

Qayd etilishicha, jazirama nafaqat insonlar salomatligi, balki daraxtlar, butalar, yashil hududlar va hayvonot dunyosiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Yuqori harorat va suv tanqisligi daraxtlarning qurishi, yashil maydonlarning zararlanishi hamda ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga kunning eng issiq vaqti — soat 11:00 dan 17:00 gacha imkon qadar ochiq havoda bo‘lmaslik, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish, bolalar va keksalarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilgan.

 

Bundan tashqari, xonadon va mahallalardagi daraxt hamda butalarni erta tong yoki kechki payt muntazam sug‘orish, tuproq namligini saqlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda yashil hududlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish so‘ralgan.

 

Mahalliy hokimliklar, kommunal xizmatlar va boshqa mas’ul tashkilotlarga esa yashil hududlarni doimiy monitoring qilish, daraxtlarni agrotexnik talablar asosida sug‘orish, sug‘orish infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda tabiiy hududlarda yong‘inlarning oldini olish choralarini kuchaytirish tavsiya etilgan.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi har bir saqlab qolingan daraxt issiqlik ta’sirini kamaytirish, havo sifatini yaxshilash va ekologik muvozanatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, aholini tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqirgan.

Yunusobod tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi: ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi

Yunusobod tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi: ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi

09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.