O'zbekiston

Jazirama sabab Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

14-iyuldan boshlab viloyatda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Jazirama sabab Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari vaqtincha yopiladi

 

Xorazm viloyatida kutilayotgan anomal issiq ob-havo munosabati bilan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 14-iyuldan boshlab viloyatda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

 

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tavsiyasiga asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida 2026-yil 14–17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, davlat bog‘chalari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda qayta tiklanadi.

 

Mas’ullar ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni farzandlar salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida qabul qilishni hamda jazirama kunlarda bolalarning sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratishni so‘radi.