O'zbekiston

O‘zbekistonda jazirama sabab elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetishi kutilmoqda

Elektr tarmoqlarida avariyalarning oldini olish maqsadida profilaktik nazorat kuchaytirilib, ayrim mas’ul rahbarlar lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekistonda jazirama sabab elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetishi kutilmoqda

 

O‘zbekistonda kutilayotgan anomal issiq ob-havo sabab elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Respublika shtabining yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishida yozning eng issiq kunlarida respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 280 million kVt/soat, maksimal yuklama esa 13–13,3 GVtgacha yetishi kutilayotgani bildirilgan.

 

Shu munosabat bilan barcha energetika korxonalariga elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda profilaktik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berilgan.

 

Yig‘ilishda yoz mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish, elektr energiyasiga talab keskin oshadigan kunlarda iste’molchilarni uzluksiz ta’minlash, energetika obyektlarining 24 soatlik ish rejimini kuchaytirish, avariya brigadalarining shayligini oshirish va rejali ta’mirlash ishlarini jadallashtirish masalalari ham muhokama qilingan.

 

Shuningdek, Toshkent shahridagi ayrim podstansiyalarda kuzatilgan nosozliklar tanqidiy ko‘rib chiqilgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligi belgilandi, ayrim rahbarlar esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

 

Bundan tashqari, yuqori havo harorati sharoitida benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini sanoat hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etish topshirildi. Yong‘in va portlash xavfini kamaytirish maqsadida havo harorati eng yuqori bo‘lgan soatlarda suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlari vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Mazkur talablar ijrosini nazorat qilish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bosh prokuratura, “O‘zenergoinspeksiya” hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hamkorligida respublika bo‘ylab energetika obyektlari va yoqilg‘i infratuzilmasida kuchaytirilgan nazorat reydlari o‘tkaziladi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kunlik elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha amaldagi rekord 2025-yil 18-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda iste’mol hajmi 272,6 million kVt/soatni tashkil etgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.