Jahon

Parijda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasi muhokama qilinadi

"Coalition of the Willing" sammitida Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar masalasi ko'rib chiqiladi.

Parijda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasi muhokama qilinadi

 

Fransiya poytaxti Parijda 13-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan "Coalition of the Willing" sammitida Ukrainaga qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish masalasi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi.

 

Sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bir qatorda kamida 25 davlat rahbarlari va hukumat vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. NATOning so‘nggi sammitidan keyingi ilk yirik siyosiy uchrashuvda Ukrainaga harbiy yordamni jadallashtirish hamda Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Reuters diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor AQSH ishlab chiqargan Patriot zenit-raketa majmualari uchun qo‘shimcha raketalarni topish va ularni Ukrainaga tezkor yetkazib berishga qaratiladi.

 

Shuningdek, Fransiya va Italiya hamkorligida ishlab chiqarilgan SAMP/T havo hujumidan mudofaa tizimlari imkoniyatlarini kengaytirish, Yevropada yangi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish hamda ushbu loyihalarga Ukraina mudofaa sanoatini jalb etish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oladi.

 

So‘nggi haftalarda Rossiya tomonidan Kiyev va boshqa shaharlarga ballistik raketalar bilan uyushtirilayotgan hujumlar kuchaygani fonida Ukraina mavjud Patriot tizimlari uchun raketalar tanqisligiga duch kelganini bildirgan. Shu sabab prezident Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlarini havo mudofaasini mustahkamlash bo‘yicha qarorlarni tezlashtirishga chaqirib kelmoqda.

 

Sammit davomida faqat harbiy yordam emas, balki Rossiyaga qarshi iqtisodiy bosimni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilinadi. Jumladan, Rossiyaning neft eksportida foydalanayotgan "soya floti"ga nisbatan yangi cheklovlar hamda Yevropa Ittifoqining tayyorlanayotgan 21-sanksiyalar paketi bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Fransiya hukumati Ukraina bilan mudofaa sanoati sohasida yangi ikki tomonlama hamkorlik bitimlarini e’lon qilishi, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va xalqaro xavfsizlik koalitsiyasi faoliyatini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

15 nafardan ortiq kishi so‘roq qilinmoqda, biroq bolaning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.