O'zbekiston

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Mazkur institutni tashkil etish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 4-iyun kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Global ekologik fond (GEF)ning sakkizinchi Assambleyasida ilgari surilgan.

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi



11-iyul kuni Markaziy Osiyo va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”)da Samarqandda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.



Unda O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Kolumbiya universiteti Barqaror rivojlanish markazi direktori, BMT Bosh kotibining Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha himoyachisi Jeffri Saks, M31 Capital investitsiya kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchi hamkori Patrik Chjun, “Green University” rektori, professor Baxtiyor Po‘latov, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur institutni tashkil etish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 4-iyun kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Global ekologik fond (GEF)ning sakkizinchi Assambleyasida ilgari surilgan. 6-iyul kuni esa davlat rahbariga Mirzo Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish loyihasi taqdim etilgan.


Yangi institut Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda “Green University” huzurida tashkil etiladi. Loyiha hamkori —
barqaror rivojlanish sohasidagi dunyoning yetakchi ekspertlaridan biri, Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks hisoblanadi.

 

Institut "yashil" va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida hududlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-tahliliy platforma vazifasini bajaradi. Uning faoliyati ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqish, xalqaro ilmiy markazlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratiladi. Institut faoliyati O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vasiylik kengashi tomonidan strategik boshqariladi.


Loyiha doirasida Samarqandda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb etishga xizmat qiladigan “Yashil investitsiyalar va innovatsiyalar zali” ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Institutning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, yashil o‘sish va yashil shaharlar yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion texnologiyalar hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Shuningdek, Samarqandni Markaziy Osiyodagi ilk “yashil tajriba shahri”ga aylantirish va ushbu modelni mamlakatning boshqa hududlarida ham tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Barqaror rivojlanish ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va barqaror rivojlanish sohasida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"