O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Bekobodda zamonaviy Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi

Yangi majmua yiliga 1 million tonna issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratadi.

Shavkat Mirziyoyev Bekobodda zamonaviy Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi

 

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan zamonaviy Quyuv-prokatlash majmuasini tantanali ravishda ishga tushirdi.

 

Marosimda davlat rahbari kombinat jamoasi, mehnat faxriylari va xorijiy hamkorlarni ushbu muhim loyiha bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatda kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan o‘n yilda sohaga qariyb 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 31 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilgan. Natijada mahalliy metall mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 million tonnaga, qiymati esa 23 trillion so‘mga yetdi.

 

Yangi Quyuv-prokatlash majmuasi mamlakatda issiq prokatlangan po‘lat listlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilk yirik loyiha hisoblanadi. Majmua yiliga 1 million tonna issiq prokatlangan po‘lat list ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 8 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shuningdek, Toshkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanadi hamda 1 200 ta yuqori daromadli yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Ta’kidlanishicha, loyiha energiya tejamkor texnologiyalar va zamonaviy raqamli yechimlar asosida qurilgan bo‘lib, mehnat unumdorligi hamda mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eski turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish imkonini beradi.

 

Tadbir davomida kombinatni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar ham ma’lum qilindi. Xususan, yaqin yillarda “Tebinbuloq” va “Surun-ota” konlari negizida mahalliy temir rudasini qayta ishlash hajmini kengaytirish, qiymati 180 million dollarlik yangi metallurgiya zavodini barpo etish, po‘lat sharlar ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirish hamda kombinat hududida “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki”ni tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Marosim yakunida Prezident ramziy tugmani bosib, yangi Quyuv-prokatlash majmuasi faoliyatiga rasman start berdi hamda kombinat xodimlari, mehnat faxriylari va xorijiy hamkorlar bilan muloqot qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Bekobodda zamonaviy Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi | Zamon.uz