O'zbekiston

Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosi olib kelinadi

Shavkat Mirziyoyev metallurgiya sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosi olib kelinadi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda mamlakatda mavjud 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosi olish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu kondan temir konsentrati 2027-yildan boshlab Bekobod metallurgiya kombinatiga yetkazib beriladi.

 

Shuningdek, “Tebinbuloq” konini uch-to‘rt yil ichida ishga tushirish orqali yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

 

Yig‘ilishda Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolangani qayd etilib, tez fursatda shartnomani rasmiylashtirish va kelgusi yildan xomashyo olib kelishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, yirik xususiy korxonalar geologiya-qidiruv ishlari va konlarni o‘zlashtirishga tayyor ekani qayd etildi. Samarqanddagi korxona temir koni ajratilsa, 500 million dollargacha investitsiya kiritishga tayyorligini bildirgan. Bekobod metallurgiya kombinati esa Forishdagi 32 million tonna temir resursiga ega “Temirkon” konini o‘zlashtirishni taklif qildi.

 

Prezident ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosi olib kelinadi | Zamon.uz