O'zbekiston

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi

Yil oxirigacha Toshkent metropoliteniga yana 11 ta yangi poyezd olib kelish rejalashtirilgan.

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi

 

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mamlakatda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy va qulay transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda. Shu maqsadda Toshkent metropolitenining moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

 

Yo‘lovchilarning talab va takliflarini inobatga olgan holda olib kelingan 3 ta zamonaviy to‘rt vagonli yangi poyezdlar yoz mavsumida samarali sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun yanada qulay safar sharoitini ta’minlaydi.

 

Yangi harakat tarkiblarining foydalanishga topshirilishi metro poyezdlari harakati intervalini qisqartirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash hamda ekspluatatsiya muddati uzoq bo‘lgan eski turdagi poyezdlarni bosqichma-bosqich zamonaviy tarkiblar bilan almashtirish imkonini beradi.

 

Shuningdek, zamonaviy poyezdlar sonining ko‘payishi metropolitenning tashish quvvatini oshirish, harakat jadvalining barqarorligini ta’minlash va kun sayin ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil yakuniga qadar Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.