O'zbekiston

Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari borligi prognoz qilinmoqda

Xususiy metallurgiya korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 million dollarlik maxsus kompaniya tashkil etilib, import xomashyo birja orqali realizatsiya qilinadi.

Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari borligi prognoz qilinmoqda

 


Shavkat Mirziyoyev raisligida qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda qora metallurgiya sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryo hududlarida ham temir rudasi zaxiralari mavjud bo‘lishi prognoz qilinmoqda.


Davlat rahbari bunday yirik metallurgiya loyihalarini amalga oshirishda temir sifati va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish uchun marganes hamda ferrosilitsiy kabi xomashyoga ehtiyoj ortishini ta’kidladi.


Shu munosabat bilan mutasaddilarga ushbu maydonlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, bir oyda temir va uni boyitishga zarur minerallar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha geologiya dasturini kiritish topshirildi.

 

Hududlar rahbarlariga esa ushbu loyihalarni amalga oshirishga yirik tadbirkorlarni keng jalb etish vazifasi yuklatildi.


Yig‘ilishda metallurgiya sohasida bugungi kunda 150 ga yaqin o‘rta va kichik xususiy korxona faoliyat yuritayotgani qayd etildi. Qurilish materiallari sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdan so‘ng hududlarda metall mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qator yangi loyihalar boshlanganiga alohida e’tibor qaratildi.


Xususiy korxonalarni xomashyo bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash maqsadida import xomashyosini markazlashgan tartibda xarid qiluvchi alohida kompaniya tashkil etilishi belgilandi.


Mazkur kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 200 million dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, import qilinadigan metallurgiya xomashyosi faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.