O'zbekiston

Toshkent–Bekobod yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo'lga qo'yildi

120 km/soat tezlikda harakatlanadigan yangi elektropoyezd 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Toshkent–Bekobod yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo'lga qo'yildi

 

Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkent shahridan Bekobodga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Toshkent–Bekobod yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan yangi elektropoyezd qatnovi va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.



Mazkur loyiha davlat rahbarining 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2030-yilgacha temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Hujjatga muvofiq, hududlarda transport infratuzilmasi modernizatsiya qilinib, mahalliy temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda.

 

Bekobod temir yo‘l vokzalida Prezidentga poytaxt va Bekobodni bog‘lovchi yangi yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.



Ma’lum qilinishicha, 192 kilometrlik Toshkent–Bekobod yo‘nalishi orqali kuniga qariyb 1 ming, yiliga esa 300 ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Mazkur yo‘nalishda olti vagondan iborat, 586 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan zamonaviy elektropoyezd harakatlanadi. Poyezdning maksimal tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi.



Elektropoyezd nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar, konditsioner va isitish tizimlari, yumshoq o‘rindiqlar, USB quvvatlash nuqtalari, Wi-Fi, videokuzatuv tizimi, elektron axborot tablolari hamda velosipedlar uchun maxsus joylar bilan jihozlangan.



Qayd etilishicha, yangi qatnov yo‘lga qo‘yilishi avtomobil yo‘llaridagi transport yuklamasini kamaytirish, ekologik toza transport ulushini oshirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy transport xizmatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



Tashrif davomida Prezident temir yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish, tarmoqlarni elektrlashtirish, vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va temir yo‘lga tutash hududlarni obodonlashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"