O'zbekiston

Toshkentda pulli avtoturargoh uchun to‘lov qilmagan haydovchilarni jarimaga tortish taklif etildi

Bunday qoidabuzarlik uchun BHMning ikki baravari miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Toshkentda pulli avtoturargoh uchun to‘lov qilmagan haydovchilarni jarimaga tortish taklif etildi

Toshkent shahar hokimligi yo‘l bo‘yidagi pulli avtoturargohlardan foydalanganlik uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan yoki undan bo‘yin tovlagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

 

Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 128¹¹-modda bilan to‘ldiriladi. Unga muvofiq, yo‘l bo‘yidagi pulli avtoturargohdan foydalanganlik uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaslik yoki to‘lovdan bo‘yin tovlash bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) ikki baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

 

O‘zbekistonda 2026-yil 1-sentyabrdan BHM 440 ming so‘m etib belgilanadi. Shundan kelib chiqib, mazkur huquqbuzarlik uchun jarima miqdori 880 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Qonun loyihasida bunday huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari hamda axborot tizimlari orqali aniqlash nazarda tutilgan. Shu bilan birga, qonunchilikka muvofiq pulli avtoturargohlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqiga ega shaxslarga ushbu javobgarlik tatbiq etilmaydi.

 

Loyiha izohida qayd etilishicha, mazkur tashabbus yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda pulli avtoturargohlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi yo‘l bo‘yidagi pulli avtoturargohlar Poytaxt Parking operatori tomonidan tashkil etiladi. “Streetpark Systems” MCHJ esa umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara huquqiga ega operator sifatida belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.