Jahon

Xitoyga qaramlikni kamaytirish G‘arbga 23,6 trillion dollarga tushishi mumkin

Arzon Xitoy tovarlarini mahalliy tovarlar bilan almashtirish inflyatsiyani tezlashtirishi mumkin.

Xitoyga qaramlikni kamaytirish G‘arbga 23,6 trillion dollarga tushishi mumkin

AQSH va Yevropaning muhim texnologik hamda ishlab chiqarish tarmoqlarida Xitoyga qaramlikni kamaytirishi kelgusi 25 yil ichida 23,6 trillion dollar miqdorida qo‘shimcha investitsiyalarni talab qiladi. Bu haqda Financial Times nashriga tayanib, Point.md xabar berdi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilgacha AQSHga 13,7 trillion dollar, yevro hududiga 9,1 trillion dollar, Buyuk Britaniyaga esa 800 milliard dollar investitsiya zarur bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi uchun bu deyarli yillik byudjetni ikki baravar oshirish bilan teng.

 

Hisobot mualliflari Xitoy mahsulotlaridan to‘liq voz kechish amalda imkonsizligini qayd etgan. Bunga Xitoyning litiy va kobaltning 60 foizdan ortig‘i, shuningdek, grafit hamda nodir yer metallarining qariyb 80 foizi yetkazib berilishini nazorat qilayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, Xitoy mahsulotlari ko‘plab mahalliy muqobillarga nisbatan sezilarli darajada arzon ekani, ularni almashtirish esa inflyatsiyani tezlashtirishi mumkinligi ta’kidlangan. Hisobotga ko‘ra, Yevropada ayrim strategik tarmoqlarda narxlar 1–2,5 foizga oshishi ehtimoli bor.

 

Ekspertlar eng maqbul yechim sifatida “qisman ajralish” strategiyasini taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, eng zaif ta’minot zanjirlarini mustahkamlash uchun tanlab investitsiya kiritish orqali davlat va biznes zimmasiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytirish mumkin.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.