Jahon

“Bu piar ham, bolalarni siyosatga jalb qilish ham emas” — Sadir Japarov qizi haqidagi bahslarga munosabat bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti farzandlarining siyosat va davlat ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

“Bu piar ham, bolalarni siyosatga jalb qilish ham emas” — Sadir Japarov qizi haqidagi bahslarga munosabat bildirdi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qizi Janayimning bolalar reabilitatsiya markaziga tashrifi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan muhokamalarga munosabat bildirdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, qizining “Oltin bolalik” markazida bolalarga sovg‘alar ulashgani aks etgan video siyosiy maqsad yoki piar bilan bog‘liq emas.

 

“Farzandlarim yoki yaqinlarimning siyosat va davlat ishlariga aralashishiga hech qachon yo‘l qo‘ymayman. Agar shunday bo‘lganida, bu allaqachon barchaga ma’lum bo‘lardi”, — degan Sadir Japarov.

 

Uning ta’kidlashicha, “Oltin bolalik” bolalar reabilitatsiya markazi uning topshirig‘i bilan qurilishi yakunlangan bo‘lib, bu yerda har yili mamlakatning turli hududlaridan kelgan, ayniqsa kam ta’minlangan oilalar farzandlari dam oladi. Odatda bolalarga sovg‘alarni birinchi xonim Aygul Japarova topshiradi.

 

Prezidentning ma’lum qilishicha, tadbir kuni u rafiqasi bilan boshqa tadbirda bo‘lgani sababli Aygul Japarova qizi Janayimdan bolalarni xafa qilmaslik uchun markazga borib, sovg‘alarni topshirishni so‘ragan. Janayim bolalar uchun tayyorlangan sport kiyimlarini tarqatishda yordam bergan va tadbirdan so‘ng darhol markazni tark etgan.

 

Japarovning qayd etishicha, tadbirga ommaviy axborot vositalari taklif qilinmagan va uni ommaga namoyish etish rejalashtirilmagan. Video esa tadbir ishtirokchilaridan biri tomonidan mobil telefonda tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

 

Prezident ushbu holatga siyosiy mazmun yuklash uchun asos yo‘qligini ta’kidlagan.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"