Jahon

Eron Quvaytdagi AQSh nishonlariga hujum qildi

AQSh Eronning bir qator harbiy obyektlariga zarba berdi, Tehron esa mintaqadagi AQSh nishonlariga javob hujumlarini amalga oshirdi.

Eron Quvaytdagi AQSh nishonlariga hujum qildi

 

AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik yangi hujumlar fonida yanada keskinlashdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eron hududidagi bir qator harbiy nishonlarga navbatdagi zarbalar berilganini ma’lum qildi.

 

Qo‘mondonlikning bildirishicha, besh soat davom etgan operatsiya davomida Bushehr, Chobahor, Jask, Konarak, Abu Musa va Bandar Abbosdagi harbiy obyektlar nishonga olingan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu amaliyotni izohlar ekan, Eronning hujumkor salohiyatini yo‘q qilish davom ettirilishini ta’kidlagan.

 

“Biz ularga juda jiddiy zarbalar bermoqdamiz. Bu davom etadi, keyin vaziyatni baholaymiz”, — degan Tramp.

 

Shu bilan birga, BAA rasmiylari Eron Hormuz bo‘g‘ozida harakatlanayotgan ikkita kemaga raketa uchirgani haqida ma’lum qilgan. Mazkur hodisa yuzasidan Eron tomoni hozircha rasmiy izoh bermagan.

 

Press TV esa AQShning so‘nggi hujumlariga javoban Eron harbiylari Quvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga dron zarbalari berganini ma’lum qilgan. Telekanal xabariga ko‘ra, hujumlar harbiy aloqa tizimlari, yoqilg‘i omborlari, Patriot havo mudofaasi tizimlari, boshqaruv minorasi va o‘q-dorilar omborlarini nishonga olgan.

 

Shuningdek, Eron harbiy-dengiz kuchlari AQSh kemalaridan biriga qanotli raketa bilan zarba bergani ham da’vo qilingan

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"