O'zbekiston

IIV “Ravshan Zolotoy” bo‘yicha Interpol qidiruvi nega to‘xtatilganiga izoh berdi

Vazirlikka ko‘ra, tergov davomida ilgari surilgan boshqa ayblovlar o‘z tasdig‘ini topmagani sabab unga nisbatan tergov harakatlari to‘xtatilgan.

IIV “Ravshan Zolotoy” bo‘yicha Interpol qidiruvi nega to‘xtatilganiga izoh berdi

Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Mirsodiqov “Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinovga nisbatan Interpol orqali e’lon qilingan xalqaro qidiruvning nega bekor qilinganiga izoh berdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

 

14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mirsodiqovning ma’lum qilishicha, Ravshan Muhitdinovga nisbatan jinoyat ishi 2021-yilda qo‘zg‘atilgan va unga tegishli moddalar bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan javobgarlikka tortish va protsessual muddatlar tugagani sababli jinoyat ishi to‘xtatilgan hamda ishning bir qismi tugatilgan.

 

Shundan so‘ng tergov davomida qo‘shimcha arizalar va yangi ma’lumotlar kelib tushgani bois tergov harakatlari qayta tiklangan. Biroq barcha tergov tadbirlari yakunida Muhitdinovga nisbatan ilgari surilgan boshqa ayblovlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

 

“Barcha tergov harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng unga nisbatan qo‘yilgan boshqa ayblovlar va holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Unga nisbatan tergov harakatlari yana to‘xtatildi”, — dedi Dilmurod Mirsodiqov.

 

Iyun oyi boshida Ravshan Muhitdinovning Interpol saytida joylashtirilgan Red Notice (“qizil bildirishnoma”) kartochkasi qidiruvdagi shaxslar bazasidan olib tashlangan. Avvalroq u O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Jinoyat kodeksining mulkka zarar yetkazish, uyushgan qurolli guruh tuzish yoki unda ishtirok etish hamda bezorilikka oid moddalari bilan xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum qilingandi.

 

Ravshan Muhitdinov esa Facebook’dagi sahifasida 19 yillik quvg‘indan so‘ng unga qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilingani va O‘zbekistonga qaytish imkoniyati yaratilganini yozdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ravshan Muhitdinov ayni paytda Turkiyada yashaydi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u Istanbulda ro‘yxatdan o‘tgan Dünya Engelliler Vakfı (DEV) tashkilotida moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritadi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.