Jahon

JCH uchun tanlangan hakam 38 yoshida vafot etdi

Unga nisbatan jinsiy tajovuz ayblovlari qo‘yilganidan so‘ng FIFA uni hakamlar ro‘yxatidan chiqargan edi.

JCH uchun tanlangan hakam 38 yoshida vafot etdi


 
Niderlandiyalik FIFA hakami Rob Diperink 38 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasiga tayanib “The Mirror” nashri rasman ma'lum qildi. Diperink bundan bir necha hafta avval 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati hakamlari ro‘yxatidan chiqarilgan edi.

 

Assotsiatsiya bayonotida hakamning o‘lim sababi ochiqlanmagan.


"Biz Rob Diperinkning vafotidan larzaga tushdik va chuqur qayg‘udamiz. Biz nafaqat yuqori malakali hakamni, balki mehribon va fidoyi hamkasbni yo‘qotdik. Uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz", deyiladi assotsiatsiya bayonotida.

 

Diperink 2017-yildan buyon Niderlandiya chempionatining oliy divizioni Erediviziyada bosh hakam sifatida ishlagan. Faoliyati davomida 280 dan ortiq professional uchrashuvni boshqargan, shuningdek, Yevro-2024 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida VAR hakami sifatida faoliyat yuritgan. FIFA uni 2026-yilgi Jahon chempionatida ham VAR hakami sifatida ishlash uchun tanlagan edi.

 

Biroq 2026-yil aprel oyida Diperink Londonda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. O‘sha paytda u UEFA Konferensiyalar ligasidagi "Kristal Pelas" – "Fiorentina" uchrashuvida VAR hakami sifatida ishlash uchun Angliyada bo‘lgan. Metropolitan politsiyasi keyinchalik videoyozuvlar va boshqa dalillarni o‘rganib chiqib, ayblovni tasdiqlovchi yetarli dalil topa olmagani sabab ishni yopgan.

 

Shunga qaramay, FIFA may oyida Diperinkni Jahon chempionati hakamlari ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilgan. Hakam bu qarordan qattiq xafa bo‘lganini bildirib, o‘zining aybsizligini ta'kidlagan va tergov davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FIFA, UEFA hamda Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi bilan to‘liq hamkorlik qilganini aytgan.
Uning sobiq hamkasblari va futbol tashkilotlari tajribali hakamning futbol rivojiga qo‘shgan hissasini e'tirof etib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirishdi. Hozircha uning o‘limi sabablari rasman e'lon qilinmagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.