O'zbekiston

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Anomal issiq fonida respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli o‘tgan yilgi yozgi rekorddan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

 

O‘zbekistonda 13-iyul kuni yozgi elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi.

 

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, jazirama havo sharoitida respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 278,6 million kVt/soatni tashkil etdi. Bu o‘tgan yozgi mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 6 million kVt/soatga yoki 2,2 foizga ko‘p.

 

Avvalgi yozgi rekord 2025-yil 18-iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda sutkalik iste’mol 272,6 million kVt/soatni tashkil etgan edi.

 

Shuningdek, 13-iyul kuni mamlakatda 281,5 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

 

Vazirlikning qayd etishicha, havo haroratining yanada oshishi fonida yaqin kunlarda elektr energiyasi iste’moli va tizim yuklamasi bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan energetika korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tgan. Hududlarda maxsus avariya-ta’mirlash brigadalari elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha navbatchilik asosida faoliyat yuritmoqda.

 

Energetika vazirligi ayrim hududlarda texnik nosozliklar sabab elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildirib, fuqarolarni, ayniqsa eng yuqori yuklama soatlarida, zarur bo‘lmagan elektr jihozlarini o‘chirib, elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishga chaqirdi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"